Skip to content

Latest commit

 

History

History
42 lines (34 loc) · 2.05 KB

README.md

File metadata and controls

42 lines (34 loc) · 2.05 KB

DigitalUzb Logo

Loyiha Haqida

Digitaluzb - dasturlash, dizayn va marketing bilan bog'liq keng qamrovli ma'lumotlar va manbalarni taqdim etishga qaratilgan open source loyiha.

Local ishga tushurish

Hamma kerakli dependencylarni o'rnating

 npm install

Dasturni ishga tushurish

 npm run dev

Loyihaga hissa qo'shish

Ushbu loyiha ochiq manbali bo'lib, har bir kishi o'z hissasini qo'shishi mumkin. Quyidagilar loyihaga hissa qo'shish bo'yicha qo'llanma:

1. Darsliklarni qo'shish

  • Barcha darsliklar src/static papkasida joylashgan.
  • Har bir yangi darslik uchun alohida papka yarating. Masalan, "HTML va CSS" degan darslik qo'shmoqchi bo'lsangiz, src/static/html-va-css papkasini yarating.
  • Darslikdagi har bir mavzu uchun alohida fayl yarating. Mavzu nomlarini qisqa va lo'nda qilib yozing. Masalan, birinchi mavzu "HTML nima?" bo'lsa, src/static/html-va-css/html-nima.md faylini yarating.

2. Mavzularni yozish

  • Mavzular uchun kontent Markdown formatida yozilishi kerak.
  • Mavzu matnini sodda va tushunarli tilda yozing. Kerak bo'lsa, misollar va ko'rgazmali materiallar bilan boyiting.
  • Mavzu fayllarini nomlashda so'zlarni chiziqcha (-) bilan ajrating va kichik harflardan foydalaning. Masalan: html-nima.md, css-asoslari.md.

3. Mundarija fayli

  • Har bir darslik uchun mundarija.md faylini yarating. Bu fayl darslikdagi mavzularning ketma-ketligini belgilaydi. mundarija.md faylida faqatgina mavzu nomlarini ro'yxatlang. = - Har bir mavzu nomini alohida qatorga yozing.
  • Mavzu nomlarini darslikdagi mavzu fayllarining nomlari bilan bir xil qilib yozing.

4. Pull request yuborish

  • O'zgarishlaringizni alohida branchda bajaring va pull request yuboring.
  • Pull requestni yuborganda, o'zgarishlaringiz haqida qisqacha ma'lumot bering va qaysi darslik uchun qo'shilganini ham yozing.
  • Loyiha administratorlari pull requestni ko'rib chiqib, kerakli o'zgarishlarni talab qilishlari yoki uni qabul qilishlari mumkin.

Agar savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, GitHub Issues sahifasida yozib qoldiring.

Hammaga omad!